21 May 2022 yil
371
IIBda toʻplangan hujjatlarni xal qilib berishni aytib aldab fuqaroning pullarini qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Qoʻqon shahar. 2022-yilning 8-may kuni 1992-y.t. T.J 1975-y.t. N.S.ning ishonchiga kirib, uning IIBdagi unga nisbatan toʻplangan hujjatlarini tanishlari orqali ijobiy xal qilib berishni va’da qilib, undan 1.000 AQSH dollari miqdoridagi pulini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati