5 Aprel 2022 yil
400
Fargʻona viloyati IIB JQB va Margʻilon shahar IIB xodimlari hamkorlikda qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
04-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismida (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.I.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati