2 Iyun 2022 yil 264

Qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

31-may kuni Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Toshloq tumani IIB tergov boʻlinmasi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech