14 Iyun 2022 yil 413

Qidiruvdagi 3 nafar shaxslar qoʻlga tushdi

13-may kuni Fargʻona viloyati IIB JQB qidiruv boʻlimi xodimlari Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismida (talonchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Sh.X.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB hamda TVBSO xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Buvayda tumani IIB JQB hamda HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Buvayda tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan B.Sh ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech