Fargʻona shahar IIO FMB majlislar zalida Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhining tekshirish natijalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Yigʻilishda viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Probatsiya boshqarmasi rahbahariyati va shaxsiy tarkibi bilan birga Aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash, Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, Sogʻliqni saqlash tizimi rahbarlari, hokimliklar huzuridagi ijtimoiy koʻnikma markazi, xalq ta’limi boshqarmasi rahbarlari hamda Fargʻona davlat universiteti rektorati vakillarii ishtirok etdilar.
Shahar-tuman studiyalaridan esa ichki ishlar boʻlimi boshliqlari va ularning jamoat xavfsizligi xizmati boʻyicha oʻrinbosarlari, boʻlim boshliqlari, probatsiya xizmati xodimlari hamda hamkor tashkilotlarning shahar-tumanlardagi mutasaddi rahbarlari qatnashdilar.
Videoselektor yigʻilishida yuqorida keltirilgan hamkor tashkilot rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-fevral kungi “Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 84-sonli qarori boʻyicha Fargʻona viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan yoʻl xaritasida belgilangan vazifalarning ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqidagi axborotlari tinglandi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boshqarmasi va uning joylardagi boʻlinmalari tomonidan joriy yilning 10 oyida amalga oshirilgan ishlar va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlil qilindi.
Yigʻilish yakunida esa yoʻl qoʻyilgan kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarib, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash kerakligi ta’kidlandi. Galdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati