25 Fevral 2023 yil 450

Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi Fargʻona viloyatida kinologiya xizmati faoliyatini oʻrganib, amaliy yordam koʻrsatdi

Ichki ishlar organlari faoliyatida, xususan, jinoyatlarni issiq izida fosh etish va giyohvand moddalarni izlab topish kabi muhim topshiriqlarni bajarishda kinologiya xizmatining roli juda katta.

Shu bois soha xodimlarning kasbiy mahorati va jangovar shayligini oshirish, xizmat itlari bilan ishlash koʻnikmalarini yaxshilash, tizim moddiy texnik bazasini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilib, nazariy va amaliy oʻquv mashgʻulotlari muntazam tashkil etilyapti.
Vazirlar Mahkamasining «Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarorida koʻrsatib oʻtilgan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda soha xodimlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti yetakchi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Fargʻona viloyati IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasiga kinologiya boʻlinmasida boʻlib, oʻrganish ishlarini olib bordilar.

Oʻrganishlar davomida kinologiya boʻlinmasi hamda Birinchi va Ikkinchi mintaqaviy hudud muvofiqlashtirish markazi kinologiya guruhlari xodimlarining huquqiy bilimlari, kasbiy mahoratlari, xizmat itlarining iz qidiruv, giyohvandlik moddalari topish, toʻsiqlarni yengish kabi amaliy jihatlari koʻzdan kechirildi.

Erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bevosita xodimlar ishtirokida muhokama qilinib, xizmatni sifat jihatidan yaxshilash uchun zarur tavsiyalar berildi.

Bir soʻz bilan aytganda, bu kabi amaliy tadbirlar kinologiya xizmati xodimlarning bilim va koʻnikmalarini oshirish, xizmat itlarining shayligini taʼminlab borishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech