Ichki ishlar vazirligi Fargʻona akademik litseyi bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi
Yakunlangan oʻquv yilida Ichki ishlar vazirligi Fargʻona akademik litseyini 365 nafar oʻquvchilar tamomladi. Ushbu oʻquvchilar orasidan namunali hulqqa ega, tartib-intizomli, fanlarni yaxshi oʻzlashtirgan, turli fan olimpiadalari, koʻrik-tanlovlar va musobaqalarda gʻolib boʻlib, oʻquv yurti sharafini munosib himoya qilgan 12 nafari imtiyozli diplomga ega boʻldi.
Bugun Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda oʻquvchilarning ota-onalari va yaqinlari ham ishtirok etdilar.
Tantanali tadbirda Fargʻona viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Muhiddin Joʻrayev soʻzga chiqib, katta hayot ostonasida turgan yigit-qizlarga oq yoʻl tiladi.
Shundan soʻng bitiruvchilarga diplomlar topshirildi.
Tadbirda ota-onalar va bitiruvchilar ham soʻzga chiqib, akademik litsey ma’muriyati va fidoyi ustozlarga samimiy minnatdorchilik bildirdilar.