11 Iyun 2022 yil 587

Ichki ishlar vaziri kubogining viloyat bosqichi yakuniga yetdi

Sportning voleybol turi boʻyicha Ichki ishlar vaziri kubogining hududiy bosqichi oʻtkazilayotgani haqida xabar bergan edik. Fargʻona shahridagi olimpiya zahiralari sport makatabida ushbu musobaqaning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Shahar-tumanlar bosqichlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 19 ta jamoa tantanali ravishda kutib olindi. Musobaqaning ochilish marosimida soʻz olgan viloyat IIB hamda viloyat Sportni rivojlantirish boshqarmasi rahbariyati barcha yigʻilganlarni tabriklab, viloyat bosqichida sportchilarga omad tiladilar.

Murosasiz va qizgʻin bellashuvlarda Fargʻona, Margʻilon shaharlari hamda Oʻzbekiston tumani yoshlari oʻzlarining puxta tayyorgarligi bilan tomoshabinlar olqishiga sazavor boʻldilar. Shuningdek, Quvasoy, Uchkoʻprik, Oltiriq hamda Yozyovon tumanlari jamoalari ham voleybol ixlosmandlariga chiroyli oʻyinlarni taqdim qilishdi.

Musobaqaning yakuniy hisobiga koʻra Margʻilon shahri 1-, Oʻzbekiston tumani 2- va Fargʻona shahri jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Gʻoliblaraga viloyat IIB boshligʻi, 3 sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻrayev tomonidan Kubog, 1-2-3 darajali diplom, medallar va qimmatbaho sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

Boshqarma boshligʻi barcha ishtirokchilarni gʻalaba bilan tabriklab, kelgusida Fargʻona viloyati sharafini munosib himoya qilishda omad tiladi.

Fargʻona viloyat IIB Axborot xizmati.

Text to speech