Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʼlat Bobojonovning 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan soha malikalariga bayram tabrigi
Ichki ishlar organlari, harbiy boʼlinmalar va taʼlim muassasalarida xizmat qilayotgan aziz opa-singillarimizni, faxriy ayollarimizni bahor faslining nafis ayyomi 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev “Sizlarning mehr-muhabbatingiz, vafo va sadoqatingiz, fidoyiligingiz sababli hayotimiz charogʼon. Sizlar tufayli oilalarimizda tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka hukm surayotgani uchun barchangizga har qancha tasanno aytsak, arziydi”, deb taʼkidlaganlar.
Tizimda erkak xodimlar bilan bir safda el-yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida fidokorona mehnat qilish bilan birga, oʼz oilangizda mehribon ona boʼlib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʼshib kelmoqdasiz.
Ushbu ayyom bilan yana bir bor tabriklab, Sizlarga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʼlat Bobojonov