Ichki ishlar organlarida patrul tekshiruv guruhlari faoliyat ko'rsatmoqda
Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug'i bilan soha xodimlari, harbiy xizmatchilari, taʻlim muassasalari tinglovchi va kursantlari tomonidan xizmat kiyimini o'rnatilgan tartibda kiyib yurish va odob-ahloq qoidalariga rioya etilishini, shuningdek, transport vositalarini boshqarishda yo'l harakati qoidalariga, jamoat va xizmat joylarida tartib-intizomga amal qilinishini nazorat qilish maqsadida patrul tekshiruv guruhlari faoliyati yo'lga qo'yilgan.
Ayni paytda viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmatlari masʻul xodimlaridan iborat patrul tekshiruv guruhlari ichki ishlar organlarida, taʻlim muassasalari, blok-post va yo'l patrul xizmati maskanlari, bozorlar hamda jamoat joylarida xodimlarning xizmat kiyimini kiyib yurish hamda ular tomonidan shaxsiy va xizmat avtotransport vositalarini boshqarish tartib-qoidalariga rioya etilishini nazorat qilmoqdalar.
Ushbu guruhlar tomonidan tegishli hudud bo'ylab haftada kamida bir marotaba oshkora tarzdagi tekshiruvlar amalga oshiriladi, aniqlangan xizmat intizomi buzish holatlari yuzasidan aybdor xodimlar hamda ularning bevosita rahbarlariga nisbatan qatʻiy choralar ko'riladi.
Xodimlar tomonidan xizmat intizomini qo'pol ravishda buzish, shu jumladan qonuniy talablarga bo'ysunmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli rahbarni ogohlantirgan holda shu joyning o'zida chora ko'riladi.
Viloyat IIB Axborot xizmati.