20 Sentyabr 2022 yil 324

Ichki ishlar organlari xodimlari konsert va ommaviy tadbirlarni tinch oʻtishida ham munosib hissa qoʻshadi

Viloyatimiz hududida taniqli san’atkorlar va soʻz ustalari ishtirokida koʻngilochar dasturlar muntazam oʻtkazib kelinadi. Albatta, mazkur jarayonlarda jamoat tartibini saqlashda IIO xodimlarining ham oʻziga xos hissasi bor.

Shu maqsadda ijtimoiy-siyosiy, ommaviy-madaniy, sport va boshqa tadbirlar oʻtkazilishiga ruhsat berish va nazorat qilish boʻyicha viloyat komissiyasi tuzilgan boʻlib, oʻzaro hamjihatlikda har bir tadbir oldidan reja tuzilib, tizimli ish tashkil etiladi.

Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari F.Oʻsarov boshchiligidagi navbatdagi yigʻilishda joriy yil 26-sentabr kuni Fargʻona shahar I.Karimov nomidagi teatr va konsert saroyida xonanda va soʻz ustalari ishtirokidagi konsert dasturining oʻtkazilishiga ruhsat berish masalasi koʻrib chiqildi.

Oldinda turgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech