7 Aprel 2022 yil
915
Ichki ishlar organi xodimlarining qonuniy talabiga boʻysunmay, faol qarshilik koʻrsatgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Joriy yilning 3 aprel kuni Fargʻona viloyati IIB Birinchi mintaqaviy hudud patrul-post xizmati otryadining 2 nafar safdor xodimlari Fargʻona shahrining Yangi asr koʻchasida xizmat olib borayotgan vaqtida Margʻilon shaharida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Ye mast holda xodimlar bilan janjallashib, ularni haqorat qilgan. Ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablariga boʻysunmasdan, faol qarshilik koʻrsatib, xodimlardan birining chap yuz koʻz qismiga qoʻli bilan urib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Ye. ga nisbatan JKning 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati