Ichki ishlar organi xodimiga 400 АQSh dollari taklif qilindi.
Fargʼonada yana bir pora berish bilan bogʼliq jinoyatga chek qoʼyildi.
Joriy yilning 26 fevralь kuni Beshariq tumani IIB xodimiga shu tumanda istqomat qiluvchi
24 yoshli fuqaro А.А., oʼzining uyali aloqa apparatida diniy mazmundagi maʼruzalarni saqlab kelganligi yuzasidan toʼplangan hujjatlar asosida unga nisbatan qonuniy chora koʼrmaslik va toʼplangan hujjatlarni sudga yubormaslik evaziga 400 (toʼrt yuz) АQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida taklif qiladi. Ichki ishlar organi xodimining mazkur holat yuzasidan rahbariyatga bildirgisi asosida, shu kuni Oʼzbekiston Respublikasi IIV OʼXB Fargʼona viloyati boʼyicha boʼlimi hamda IJQKD Beshariq tumani boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro А.А., xodimning xizmat xonasida unga 400 АQSh dollari miqdoridagi pullarni pora sifatida bergan vaqtida ushlanib, ushbu pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan IJQKD Beshariq tumani boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati