FARGʻONA VILOYATI ICHKI ISHLAR BOSHQARMASI ICHKI ISHLAR ORGANLARI XIZMATIGA NOMZODLAR TANLOVINI E’LON QILADI
Fargʻona viloyati Ichki ishlar organlari tarkibida profilaktika inspektori lavozimlariga ishga kirish istagini bildirgan yoshi oʻttiz yoshdan katta boʻlmagan, Respublika oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, oliy ma’lumotli pedagog mutaxassisligi boʻlgan, hozirgi kunda ish stajiga ega boʻlgan, shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sogʻligʻining holati va jismoniy tayyorgarligi boʻyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, nomzodning boʻyi 165 sm.dan past boʻlmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmatni oʻtagan yoki oliy oʻquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikni oʻtgan (zaxiradagi ofitser), Fargʻona viloyati hududida doimiy roʻyxatda turuvchi fuqarolar tanlov asosida ishga qabul qiladi.
Ishga kirish istagini bildirgan fuqarolar 2022-yilning 25-noyabr kunidan 25-dekabr kunigacha soat 09-00dan 17-00ga qadar Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati mas’ul xodimlariga murojaat qilishlari mumkin.
Qabul va tanlov shartlari boʻyicha toʻliq ma’lumotlar viloyat IIB ning ҳттпс://т.ме/фарувд telegram kanaliga joylashtirilgan.
Eslatma: Nomzodlar oʻzlari bilan «biometrik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasi» (nusxasi bilan), «harbiy guvoxnomasi», Diplomlarini hamda doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyhatga olingan joyidan belgilangan namunadagi sogʻligʻining holati haqida ma’lumotnoma (boʻyining balandligi boʻyicha antropometrik parametri koʻrsatilgan holda) olib kelishlari talab etiladi!
Manzil: Fargʻona shahar, Alisher Navoiy koʻchasi 13-uy.
Ma’lumot uchun telefon: (73) 244-15-56
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati