27 Sentyabr 2024 yil 1518

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Farg‘onalik faxriylar bilan uchrashuv o‘tkazdi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i, general-mayor Davron Nazarmuhamedov Farg‘ona viloyatida bo‘lib, ichki ishlar organlari faxriylari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

200 nafarga yaqin  ustozlar, Faxriylar qatnashgan uchrashuv samimiy muloqot ruhida o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari Faxriylar  faoliyatiga alohida to‘xtalib,   bu  borada Farg‘ona tajribasi yaratilgani, viloyatda boshqa hududlarga namuna tarzida ko‘rsatsa arziydigan ishlar yo‘lga qo‘yilganini e’tirof etdi.

Shundan so‘ng ochiq muloqot olib borilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Ko‘p yillik boy amaliy tajribaga ega ustozlar so‘zga chiqib, “ustoz-shogird” an’anasini yanada kuchaytirish  borasida o‘z takliflarini bildirdilar.

Faxriylarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, turli ijtimoiy yordamlar,   sayohatlar tashkil etish kabi masalalarda ham o‘zaro fikr almashildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech