"Ichki ishlar vaziri kubogi" voleybol musobaqasi yakunlandi
"Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha "Ichki ishlar vaziri kubogi" musobaqasining ayollar o‘rtasidagi 16–21 va 22–30 yosh toifalaridagi bahslari yakunlandi.
Farg‘ona shahri mezbonlik qilgan mazkur sport tadbirida 16–21 yosh toifasida ishtirok etgan jamoalar o‘rtasida quyidagi natijalar qayd etildi:
I-o‘rin — Farg‘ona viloyati jamoasi;
II-o‘rin — Buxoro viloyati jamoasi;
III-o‘rin — Samarqand viloyati jamoasi.
Musobaqa yakunida tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik F. Usarov ishtirok etib, g‘olib va sovrindor jamoalarga diplomlar, medallar, kubok hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati