25 Avgust 2025 yil 450

Ishchi guruh tomonidan mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ishchi guruhi tomonidan Oltiarik, Rishton, Uchqo‘rg‘on hamda Quva tumanlarida mustaqilligimizning 34 yilligini munosib nishonlash va bayram tadbirlarini osoyishta o‘tkazishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

Jumladan, Rishton tumanida ishchi guruh tomonidan Probatsiya xizmati faoliyati ham ko‘rib chiqilib, probatsiya hisobida turgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va huquqiy ongini yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.

Shu bilan birga, bayram tadbirlarini yuqori darajada, osoyishta va aholi ishtiroki uchun qulay sharoitlarda o‘tkazish maqsadida qator amaliy tavsiyalar ham berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech