15 Avgust 2024 yil 10906

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi jamoatchilik kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi

Tadbirda Jamoatchilik kengashi raisi tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, soha bo‘yicha ijtimoiy fikrni o‘rganish va tizimli monitoring olib borish Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari ekanligi aytildi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, hamda boshqarma qoshida tuzilgan jamoatchilik kengashining barcha a’zolari faol qatnashib, o‘zaro fikr almashdilar.

Kengash a’zolari ichki ishlar organlarini xalqchil va professional tuzilmaga aylantirishda boshqarma rahbariyatiga har tomonlama yordam va maslahat berishi zarurligi ta’kidlandi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati


Text to speech