Farg‘ona tumani hududida tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda
Tumanda tungi vaqtda “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlari tamoyili asosida tuman hududida tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Tungi xizmatga biriktirilgan xodimlar tomonidan birinchi navbatda tuman hududida faoliyat olib borayotgan oshxona, kafe, bar, kompyuter o‘yingohlari va fuqarolar gavjum bo‘ladigan ko‘ngilochar maskanlarni huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish maqsadida tungi soat 22-00 dan so‘ng berkitish choralari ko‘rildi hamda fuqarolarga o‘z mol mulklarini nazoratsiz qoldirmasliklari, o‘g‘irlik jinoyatini qurboni bo‘lib qolmasliklari yuzasidan kerakli ko‘rsatmalar berilib profilaktik suhbatlar olib borildi.
Tungi xizmatga jalb qilingan va tadbirga biriktirilgan xodimlar tomonidan fuqarolar tomonidan qarovsiz qoldirilgan mulklari, egasini topish hamda ularga o‘z mulklarini qarovsiz qoldirmasligi haqida tushuntirishlar berildi hamda bemaqsad yurgan shaxslar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, qo‘l barmoq izlari olindi va shaxsi aniqlanib, tezkor-profilaktik ishlovdan o‘tkazildi.
Farg‘ona tumani tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar hamda tuman probatsiya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda ozodlikdan mahrum
etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tayotgan probatsiya
bo‘limi hisobida turuvchi shaxslarni sud tomonidan belgilab qo‘yilgan cheklovlarga
amal qilish holatlari va yashash xonadonlarida bo‘lishlari tekshirildi.
Tungi xizmatga va jome masjidlarida o`qiladigan Taroveh namozi tadbirlariga jalb qilingan
xodimlarning xizmat olib borish jarayoni va tuman hududida tashkil qilingan Jamoatchilik
nazorat maskanlari, chegara hududlarda tashkil qilingan blok postlarda xizmat olib
borayotgan xodimlarning xizmat faoliyati va o‘quv muassasalari, tashkilot va korxonalarda
tungi vaqtda xizmat olib borayotgan qorovullarni xizmat olib borish jarayonlari
tekshirilib, qo‘shimcha yo‘riqnomalar berildi.
Tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga
nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bo‘yicha
15 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi, shu bilan birga
tuman hududida tungi vaqtda spirtli ichimlik ichib aholi tinchini buzgan 2 nafar
fuqarolarga nisbatan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot
xizmati