11 Sentyabr 2025 yil
248
Qo‘qonda huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi
Qo‘qon shahar 11- va 29-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ota-onalar ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Unda Qo‘qon shahar IIB mas’ul xodimlari so‘zga chiqib, farzandlarning maktabga muntazam qatnashi, kechasi ko‘chada bemaqsad yurmasligi, maktabga telefon hamda taqiqlangan moddalar olib kelmasligi zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, bu talablar bajarilmagan holda ota-onalar Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkinligi uqtirildi.
Uchrashuvda maktab, ota-ona va mahalla hamkorligini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati