5 Iyul 2022 yil 645

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini oʻrganish va ijobiy hal etish, kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash ishlarini oʻrganish va jadallashtirish boʻyicha tuzilgan idoralararo 1-mintaqaviy hudud ishchi guruhi tomonidan Margʻilonda yigʻilish oʻtkazildi

Avval xabar qilganimizdek, Respublika ishchi guruhining Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, bu borada davlat organlarining jamoatchilik tuzilmalari bilan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyish maqsadida viloyati hokimi, ichki ishlar boshqarmasi va Milliy gvardiyaning viloyat boʻyicha boshqarmasi boshliqlari tomonidan Qoʻshma qaror imzolangan edi.

Ushbu qoʻshma qarorga asosan viloyatimizda idoralararo ishchi guruhlari tuzilib, joylarda oʻrganish ishlari va uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Margʻilon shahrida oʻtkazilgan yigʻilishda viloyat ichki ishlar hamda Milliy gvardiya boshqarmalari rahbariyati, shahar hokimi, ichki ishlar boʻlimi boshligʻi hamda jamoat xavfsizligiga mas’ul barcha tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda hududlarni qoʻriqlovga olish, qizil toifadagi mahallalarda profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish, ma’muriy nazorat oʻrnatilgan shaxslar bilan olib borilayotgan manzilli ishlar ta’sirchanligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta’minlovchi va unda ishtirok etuvchi tuzilmalarning oʻzaro hamkorligini mustahkamlash borasida fikr almashildi.

Ishchi guruhi oʻrganishlari davom ettirmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech