19 Mart 2024 yil 1577

Bag‘dod tumani hududida tezkor-profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Tuman Istiqlol MFYda mavjud  28 ta ob’ektlar to‘liq tekshirilib, shundan 3 tasi korxona-tashkilotlar va 20 tasi boshqa ob’ektlarni tashkil etdi. Shuningdek, 5 ta savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlari o‘rganildi. 

Tungi tadbiri davomida  jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 25 nafar shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tekzor-profilaktik ishlovlar o‘tkazilib, 17 nafar shaxslarning barmoq izlari olindi. YPX, PPX va Milliy gvardiya xodimlar tomonidan nazorat reydlar o‘tkazilib, 30 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazildi, qoidabuzar fuqarolarga nisbatan 12 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Tuman IIB probatsiya ro‘yxatida turuvchi ozodlikni cheklash jazosini o‘tayotgan shaxslarning yashash xonadoni tekshirildi. HPB va PPX xodimlari hamkorlikda "Tig‘" profilaktik tadbiri davomida 185 nafar fuqarolarning yoni, maktab muassassalarida va avtomashinalar ko‘zdan kechirildi. Shundan 11 nafar fuqarolarga kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ogohlantirildi 2 nafariga ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

 “TIG‘” tadbiri davomida 1 dona o‘tkir tig‘li chopqini ehtiyotsizlik keltirib chiqaruvchi holatda olib yurganligi aniqlanib, unga nisbatan MJtKnin 185 prim 2-moddasi 1-qismi tartibida hujjatlar rasmiylashtirildi,    

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech