26 Fevral 2024 yil 2426

Farg‘ona tumani hududida tezkor-kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlash hamda huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan tungi tadbirlar o‘tkazildi

Tungi xizmatda tuman hududida faoliyat olib borayotgan oshxona, kafe, bar, kompyuter o‘yingohlari va fuqarolar gavjum bo‘ladigan ko‘ngilochar maskanlarni huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish maqsadida belgilangan vaqtda berkitish choralari ko‘rildi va fuqarolarga o‘z mol-mulklarini nazoratsiz qoldirmasliklari, o‘g‘irlik jinoyatini qurboni bo‘lib qolmasliklari yuzasidan kerakli ko‘rsatmalar berilib profilaktik suhbatlar olib borildi.

Tungi xizmatga jalb qilingan va tadbirga biriktirilgan xodimlar tomonidan fuqarolar tomonidan qarovsiz qoldirilgan mulklari, egasini topish hamda ularga o‘z mulklarini qarovsiz qoldirmasligi haqida tushuntirishlar berildi.Shuningdek bemaqsad yurgan shaxslar bilan profilaktik  suhbatlar o‘tkazildi.

Farg‘ona tuman hududidagi o‘quv muassasalari, tashkilotlar va korxonalarda tungi vaqtda xizmat olib borayotgan qorovullarni xizmat olib borish jarayonlari tekshirildi hamda ularga xizmatni o‘tash jarayonida hushyor turishliklari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Farg‘ona tumani tungi xizmatga jalb qilingan xodimlar tuman probatsiya guruhi xodimlari bilan  hamkorlikda probatsiya  hisobida turuvchi shaxslarni sud tomonidan belgilab qo‘yilgan cheklovlarga amal qilish holatlari va yashash xonadonlarida bo‘lishlari tekshirildi.

Tadbirda huquqbuzarlik sodir etgan fuqarolarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning tegishli moddalari bo‘yicha 19 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech