Fargʼonada qizlar profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchisi lavozimiga tayinlandi.
“Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” doirasida Fargʼona viloyati IIB tomonidan amalga oshirilgan bunday oʼziga xos amaliyot, jinoyatlar va huquqbuzarliklar profilaktikasida bevosita ayollar bilan ishlashda samarali natija beradi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan topshiriqlar ijrosidan kelib chiqib, Prezident administrattsiyasi hamda Ichki ishlar vazirligi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhining Fargʼona viloyatiga tashrifi doirasida Ishchi guruhi masʼullari hamda viloyat IIB tomonidan qizlarga guvohnomalar topshirildi.
- Men oʼzimga bildirilgan bunday yuksak ishonchni oqlab, halqimiz tinchligiga hissa qoʼshaman deydi, - profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash boʼyicha yordamchisi Maftuna Mamarasulova
Tadbirda viloyat IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan 10 nafar hamyurtlarimizga Oʼzbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportlari ham tantanali ravishda topshirildi. Turli sohaviy xizmatlarida namunali mehnat qilayotgan faol xodimlarga pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʼalari berildi.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati