Xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxslar aniqlandi
Fargʻona shahar.Fargʻona koʻchasida yashovchi fuqaro S.N IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 22-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan jami narxi 4.000.000 soʻmlik “Red Mi4”, “Honor” rusumli uyali telefon apparati, 360.000 soʻm pullari hamda narxi 100 AQSH dollarlik elektron qoʻl soatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.S va S.J.lar sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati