14 Sentyabr 2022 yil 398

Homilador ayollarga nafaqa puli berilyapti, plastigingizni raqamlarini yuboring...

Quvasoy shahar. 2022-yilning 05-avgust kuni V.V telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali I.T.ni ishonchiga kirib, homilador ayollarga nafaqa puli berilishini aytib, buning uchun plastik karta raqamini yuborishi haqida yolgʻon xabar yuborib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta raqamini qoʻlga kiritib, karta hisobida boʻlgan jami 835.700 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech