1 Iyun 2022 yil 196

Xizmat vazifasini bajarish vaqtida xalok boʻlgan xodimlarning farzandlari ishtirokida bayram tadbirlari oʻtkazildi

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Fargʻona viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash boshqarmasi tomonidan xizmat vazifasini bajarish vaqtida xalok boʻlgan xodimlarning farzandlari uchun bayram tadbirlari tashkil etildi.

Ahmad-Fargʻoniy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻiga uyushtirilgan sayohat bolajonlarga unutilmas xotiralarni tuhfa etdi.

Ishtirokchilar istirohat bogʻidagi attraksionlarda maroqli dam olib, zavqu shavqqa toʻldilar.

Shuningdek, bolajonlar uchun bayram dasturxoni va muzqaymoq sayli ham tashkil qilindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech