Haydovchilar diqqatiga!
2020 yilning 10 mart kunidan boshlab Qoʼqon shahridagi statsionar kameralar toʼliq tizimda faoliyat yuritadi.
Аvval xabar berilganidek, Qoʼqon shahridagi “Yangi bozor” savdo majmuasi joylashgan Farobiy koʼchasida “toʼxtash taqiqlanadi” yoʼl belgisi taʼsiri doirasida qoldirilgan transport vositalarini aniqlovchi statsionar maxsus kameralar oʼrnatilib, sinov tariqasida ishlayotgan edi.
Oʼtgan davr mobaynida statsionar kameralarning oʼz funktsiyasini toʼliq bajarishi tekshirib koʼrildi.
2020 yilning 10 mart kunidan boshlab statsionar kameralar toʼliq tizimda faoliyat yuritadi.
Hurmatli haydovchilar!
“Yangi bozor” savdo majmuasi atrofida avtomobilingizni “toʼxtash taqiqlanadi” yoʼl belgisi taʼsir doirasida qoldirib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari miqdorida (669000 soʼm), agar shunday qoidabuzarlik 1 yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 barobari miqdorida (1115000 soʼm) jarima toʼlashga sabab boʼladi.
Yoʼl harakati qoidalariga amal qiling!
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati.