25 Avgust 2025 yil 444

Bayram munosabati bilan xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlariga o‘quv qurollari sovg‘a qilindi

Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami hamda Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati xayrli tashabbusga qo‘l urdi.

Boshqarmada bo‘lib o‘tgan tantanali tadbirda xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning farzandlariga bepul o‘quv qurollari tarqatildi.

Shu kuni  tadbirda ishtirok etgan bolajonlar uchun Farg‘ona shahridagi hayvonot bog‘iga sayohat ham tashkil etildi.

Sifatli o‘quv qurollari hamda maroqli sayohat bolajonlarga bayramona zavq ulashdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech