Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining navbatdagi oltmish birinchi sessiyasida viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov hisobot berdi
Viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Fargʻona viloyat Kengashining navbatdagi oltmish birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi.
Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining oʻrinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Sessiya kun tartibida bir qator masalalar muhokama qilindi.
Jumladan, viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, Jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov ichki ishlar organlari tomonidan joriy yilning 9 oyda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, uni oldini olish, jamoat xavfsizligi, yoʻl harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar xususida hisobot berdi.
Shuningdek, deputatlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob qaytarildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.