Gul do'konida qarovsiz qoldirilgan pul va uyali telefon apparatini o'g'irlagan shaxs aniqlandi
O'zbekiston tumani.3 may kuni Qushqonoq MFY hududida yashovchi A.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma'lum shaxs Ziyokor ko'chasida joylashgan gul do'konida stol ustida qarovsiz qoldirgan narxi 2.000.000 so'mlik “Samsung J2” rusumli uyali telefon apparati va 3.000.000 so'm pullarini o'g'irlab, voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan O'zbekiston tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Tuman IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.E sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati