10 Mart 2020 yil 513

GUGURT QUTILАRIGА YaShIRILGАN OGʼU

   2020 yil 26 fevral kuni oʼtkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri davomida, Oltiariq tumani Xoʼjaqoʼrgʼon MFYda yashovchi 58 yoshli K.Q.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, xonadon yertoʼlasidan 4 dona gugurt qutilari va 1 dona selofan paketga solingan “Marixuana” giyohvandlik vositalari saqlab kelinayotganligi aniqlangan.

   Shuningdek, ushbu xonadon mehmonxonasidagi choynak ichidan ham 3 dona koʼknori boshoqlari topilgan.

   Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech