8 Iyul 2025 yil 434

Farg‘ona tumanida giyohvandlikka qarshi kurash masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi direktori o‘rinbosari Shavkatjon Qayumov ishtirokida Farg‘ona tumanida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yish orqali aholi salomatligi va mamlakat genofondiga salbiy tasirini bartaraf etish strategik chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-73-son Farmoni ijrosi doirasida tashkil etildi.

Yig‘ilishda Farg‘ona viloyati hokimligi huzuridagi huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, harbiy safarbarlik va favqulodda vaziyatlar masalalari guruhi rahbari, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimi o‘rinbosarlari, chegaraoldi hududlardagi 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari vakillari, ko‘chaboshilar, nuroniylar, probatsiya nazoratidagi fuqarolar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning samaradorligini ta’minlashda fuqarolik masliyati, ogohlik va yosh avlodni salbiy illatlardan, xususan, giyohvandlik, psixotrop moddalar hamda ruhiy qaramlikdan asrash muhimligini takidladilar.

Shuningdek, Qirg‘iziston bilan chegaradosh hududlardagi nazorat o‘rnatilmagan aylanma yo‘llar orqali noqonuniy yuklar o‘tkazilishi xavfi, bu borada jinoyatchilikni oldini olish choralari, giyohvandlik vositalariga qarshi kurash usullari va ularning natijalari muhokama qilindi. Bu jarayonda mahalla va jamoatchilikning faol ishtiroki alohida ahamiyat kasb etishi takidlandi.

Davra suhbati yakunida aholi vakillarining savollariga mutasaddilar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Bildirilgan takliflar joyida muhokama qilinib, masul rahbarlarga amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Text to speech