27 Avgust 2022 yil 372

Qoʻqon shahrida giyohvandlik vositalarni yonida saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar.2022-yilning 15-avgust kuni shahar IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Xoʻqandiy mavzesida joylashgan oshxona oldida K.U oʻzini shubxali tarzda tutganligi uchun yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech