Giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi
Soʻx tumani. 2023-yilning 10-yanvar kuni tuman IIB JQB va YHXB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbir davomida, Z.M boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi Rovon mahalla hududida toʻxtatilib tekshirilganda, haydovchi Z.M.ning telpagi ichida “Marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Soʻx tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati