Giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs aniqlandi
Margʻilon shahar.13-dekabr kuni shahar IIB JQB xodimlari Doʻstlik mahalla hududida xizmat olib borishayotgan vaqtida, ushbu koʻchadan kelayotgan, N.A.ning xarakatlaridan shubhalanib, uning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, u yonida “gashish” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati