Giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Oltiariq tumani.19-noyabr kuni tuman IIB JQB va TEQKG xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida, Sharq mahalla hududida joylashgan oshxonaning xonalaridan biri xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, shu xona ichidagi xontaxta ustida K.F.ga tegishli boʻlgan 1 dona oq rangli tselofan paket ichida gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati