26 Fevral 2020 yil 1295

Giyohvandlik vositalari sotilishiga chek qoʼyildi.

Qoʼqon. 2020 yil 25 fevral kuni Qoʼqon shahar IIO FMB va DXX Qoʼqon shahar boʼlimi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbirda Qoʼqon shaharda yashovchi, M.А.,ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʼzdan kechirilganida molxonasida 1 dona qora selofan paketga solingan 2 dona qogʼoz parchasiga oʼralgan “marixuna” giyohvandlik vositasiga oʼxshash modda, 6 dona selofan paketga solingan “opiy” giyohvandlik vositasiga oʼxshash moddalarini keyinchalik sotish maqsadida tayyorlab qoʼyganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Ekspertiza xulosasida, rasmiylashtirib olingan giyohvandlik vositasilaridan birining sof ogʼirligi 124,49 (bir yuz yigirma toʼrt gramm qirq toʼqqiz milligramm) “Opiy” giyohvandlik moddasi ekanligi, ikkinchisining vazni 184 (bir yuz sakson toʼrt gramm) “marixuana” giyohvand moddasi ekanligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan M.А.,ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech