Giyohvand vositasi “sotuvchi”si ushlandi
Fargʼona shahri. 2020 yil 26 mart kuni Fargʼona viloyati IIB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida Fargʼona shahar Ismoilova koʼchasida T.Z. “maxsus xaridor”ga 920 000 soʼm evaziga “Gashish” giyohvand moddasini sotgan vaqtida ushlangan. Bundan tashqari uning yonida yana giyohvand modda borligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, T.Z. protsessual tartibda ushlangan. Hozirda jinoyat ishi boʼyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Giyohvandlik vositalarini sotish (JKning 273-moddasi) oʼn yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qonunga xilof xatti-harakatingiz qimmatga tushishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar!
Giyohvandlik vositalari bilan umringizni hazon qilmang.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati