10 Yanvar 2025 yil 1334

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor Bekmurod Abdullayev rahbarligidagi ishchi guruh Farg‘ona viloyatida o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Dastavval, viloyatdagi qizil toifadagi mahallalar va otaliqqa olingan yoshlar bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish uchun tashkil etilgan 3 sektor shtabiga borilib, yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Shu joyda shtab faoliyati bo‘yicha jamoat xavfsizligi xizmati sohaviy xizmat rahbarlarining taqdimotlari tinglandi.

Shundan so‘ng, viloyat IIB Kiberxavfsizlik laboratoriyasida yaratilgan sharoitlar, jihozlar, texnik imkoniyatlar, viloyat IIB hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali bilan o‘rnatilgan amaliy hamkorlik yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Keyingi manzil, viloyat IIB JXX PPX batalonida bo‘lib, unda profilaktika inspektorlari uchun tashkil qilingan o‘quv jarayonlari bilan tanishilib, kurslarda ishtirok etayotgan xodimlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Shuningdek Qo‘shtepa tuman IIBga qarashli 1 son IIB faoliyati ham o‘rganilib, mazkur bo‘linmani huquq-tartibot maskaniga aylantirish bo‘yicha takliflar tinglandi.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Text to speech