13 Sentyabr 2023 yil
3965
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Fargʻona viloyatida oʻrganishlar olib bordi
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari, general-mayor Bahodir Mirzarahimov Fargʻona viloyatida boʻlib, mahallalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Profilaktika inspektorlarining xizmat xonalari va xizmat uylarini oʻrgandi.
Jumladan, Fargʻona shahridagi “Shodiyona”, “Sunbula”, “Qirguli” hamda Quvasoy shahridagi “Isfayram” mahalla fuqorolar yigʻiniga tashrif buyurib, mahalla “beshligi” va keng jamoatchilik bilan uchrashdi.
Bundan tashqari, Margʻilon shahridagi “Atlas toʻqish va ishlab chiqarish” xususiy korxonasida boʻlib, hunarmandlarning ish faoliyati hamda ularga yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.