Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘i, general-mayor Azizbek Ikramov Toshloq tumanida sayyor qabul o‘tkazdi
Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati shahar-tumanlarda, olis qishloq va mahallalarda bo‘lib, sayyor qabullar o‘tkazishmoqda. Mazkur jarayonda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot olib borilib, ularning murojaatlari joyida ijobiy hal etilyapti.
“Mahallabay” ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilayotgan navbatdagi sayyor qabul Toshloq tumanida joylashgan musiqa maktabida o‘tkazildi.
Ommaviy sayyor qabul davomida 27 nafar fuqarolarning murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
E’tiborlisi, murojaatlarning 8tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi, 5 tasi yuzasidan malakali huquqiy maslahatlar berildi. Ko‘rib chiqish muddat talab etadigan 14 ta murojaatning ijrosi nazoratga olindi.
Bir so‘z bilan aytganda, o‘tkazilgan sayyor qabul chekka hudud aholisini behad hursand qildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati