2 Sentyabr 2025 yil 67

General-mayor Azizbek Ikramov Qo‘qon shahridagi 27-maktabining ochilish marosimi va “Bilimlar kuni” tadbirida ishtirok etdi

O‘quv yilining boshlanashi va “Bilimlar kuni” yoshlariga cheksiz quvonch olib kelgani rost.

Viloyat IIB boshlig‘i 27-umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlarning hursandchiligiga sherik bo‘ldi. Ushbu maktab jamoasi yangi o‘quv yilini yangicha qiyofada qarshi oldi.

Viloyat IIB tashabbusi bilan maktabni kapital ta’mirlash va zamonaviy maktabga aylantirish bo‘yicha davlat dasturiga kiritildi. O‘quv xonasi, sport zali, faollar zali, oshxona kapital ta’mirlandi. Voleybol maydonchasi va mini stadion qurib bitqazildi. Xonalar rahamlashtirilib, integratsiya qilindi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar olib borilgan bunday xayrli ishlar haqida to‘lqinlanib gapirdilar. Ramziy lenta qirqilib, yangi maktab o‘quvchi-yoshlarni o‘z bag‘riga oldi.

General-mayor Azizbek Ikramov  faollar bilan birga 1-sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini tantanili ravishda topshirdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech