«Gender zoʻravonlikka javoban idoralararo javob qaytarishning standart operatsion ish tartiblari» boʻyicha hududlarda olib borilayotgan amaliy ish faoliyatlar bilan tanishdi
Tadbir davomida hudud profilaktika inspektorlarining hamkor tashkilotlar bilan birga gender zoʻravonlik jabrlanuvchisi bilan olib borayotgan ishlari monitoring qilindi. Hududlar kesimida tayyorlangan trenerlar bilan birma-bir suhbatlar oʻtkazildi.
Shundan soʻng, viloyat kutubxonasi oʻquv zalida “Gender zoʻravonlikka qarshi kurashishning milliy mexanizmi va gender zoʻravonlikka javoban xizmatlar taqdim etishning “Standart operatsion ish tartiblari”ning kengaytirilishi” mavzusidagi idoralararo konsultativ guruhi ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan huquqni muhofaza qilish, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy-psixologik xizmat koʻrsatish yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvda malaka oshirgan trenerlar, mahalla xotin-qizlar faollari, gender zoʻravonligiga javoban choralar boʻyicha idoralararo guruh a’zolari va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar kichik guruhlarga boʻlinib, hududlar misolida gender zoʻravonlik jabrlanuvchisiga qaratilgan ishlarni muvofiqlashtirish, idoralararo javob qaytarish tizimini takomillashtirish, gender zoʻravonlikning oldini olish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqib, taqdimotini amalga oshirishdi.
Fargʻona viloyati IIB AXborot xizmati