Gashish giyohvandlik moddasini avtomashina salonida saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Qoʻqon shahar.2022-yil 15-dekabr kuni Qoʻqon shahar IIB TQKB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbir davomida, Turkiston koʻchasida turgan “Nexia 3” rusumli avtomashinasidagi A.A.ni avtomashinasi magnitafoni tagidan gashish” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qoʻshtepa tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati