Margʻilon shahrida yonida gashish giyohvandlik moddasi saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Margʻilon shahri.22-mart kuni shahar IIB TEQKB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Doʻstlik MFY hududida I.A.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, chap qoʻlida bir boʻlak gashish giyohvandlik moddasi saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati