4 Oktyabr 2022 yil 385

Garov sifatida olingan uy sotib yuborildi

Fargʻona shahar.2022-yilning aprel oyida X.M S.M.ning ishonchiga kirib, qaytarib berish uchun qarzga 45.000 AQSH dollarini berib, garov sifatida uni yashash uyini nomiga rasmiylashtirib olib, bergan qarzini toʻliq qaytarib olib, uni uyini boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech