19 Iyun 2023 yil 215

Furqat tumanida giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlagan shaxs fosh boʻldi

Furqat tumani. 2023-yilning 11-iyun kuni tuman IIB TQKG va JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Eski mahalla hududida yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 20 tup koʻknori va 1 tup “marixuana” giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi va issiqxona burchak qismiga yoyib qoʻyilgan holatda “marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech