25 Iyul 2023 yil 372

Furqat tumanida xonadondan pullarni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs aniqlandi

Furqat tumani. Karmak mahalla hududida yashovchi U.B IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 10-iyun kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan 400 AQSH dollari va 1.050.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan F.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech