30 Dekabr 2022 yil 393

Furqat tumanida xonadondan pul oʻgʻirlagan ayol qoʻlga tushdi

Furqat tumani. Hayit mahalla hududida yashovchi Sh.R ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 13-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan 8.000.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni R.M ismli ayol. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech